35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

MAHALLABAY YURISH VA KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan mahallabay yurish va ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Isroilova tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Barkamol” MFYda hududdagi mavjud masalalar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla ko‘chalarining holati ko‘zdan kechirilib, ayrim ko‘chalarni asfaltlash zarurati aniqlandi. Mavjud muammolar joyida o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 2