35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#jarayon

#jarayon

#jarayon

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Ekologik partiya raisi M.Umarova tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining faoliyati o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori ijrosi yuzasidan hududni kompleks rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlil qilindi.

🖋 Shuningdek, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, subsidiya va boshqa bandlik dasturlaridan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔎 O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash hamda bandlik sohasida mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 2