AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullaevna tomonidan 3-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
👩⚕️ Shuningdek, tibbiyot xodimlarining faoliyati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va aholiga sifatli hamda qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Aholi manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni joyida o‘rganish va ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.