Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur ijrosi doirasida Shovot tumanining Qirg‘oqbo‘yi mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🚧 Xususan, Inoq hovli, Qirg‘oqbo‘yi, Qoriniyoziy hamda Sh.Rashidov ko‘chalarining jami 2,5 kilometr qismida Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha, eng avvalo, mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz yo‘l sharoitlarini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
👥 Viloyat Kengashi qarorida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, Kengash bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputat Ishchanov Alibek Raximberganovich tomonidan joyiga chiqqan holda deputatlik nazorati amalga oshirildi.
🔎 Nazorat davomida yo‘l qurilishi va asfaltlashtirish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi holati o‘rganildi.
✅ Viloyat Kengashi qarori ijrosi deputatlik nazoratida. Belgilangan ishlarning sifatli yakunlanishi, aholiga yaratilayotgan qulayliklarning ta’minlanishi hamda ajratilgan mablag‘larning samarali o‘zlashtirilishi yuzasidan nazorat ishlari muntazam davom ettiriladi.
🏘 Zero, har bir qarorning amaliy natijasi — aholi uchun yaratilgan qulaylik, obod hudud va yaxshilangan infratuzilmada namoyon bo‘ladi.
Xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari deputatlik nazoratida!