Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlarining muhim vakolatlaridan biri — deputat so‘rovi yuborish huquqidir. Ushbu huquq orqali davlat organlari, korxona va tashkilotlar hamda mansabdor shaxslardan fuqarolar manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan zarur axborot, hujjat va rasmiy tushuntirishlar talab qilinadi.
👉Mazkur infografikada deputat so‘rovining huquqiy asoslari, uni qaysi hollarda yuborish mumkinligi, kimlarga yo‘llanishi, rasmiylashtirish tartibi, javob berish muddatlari hamda uning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar jamlangan.
Deputat so‘rovi orqali:
🔺fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolar o‘rganiladi;
🔺davlat dasturlari va Kengash qarorlari ijrosi nazorat qilinadi;
🔺budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi tahlil etiladi;
🔺mas'ul tashkilotlarning ochiqligi va hisobdorligi mustahkamlanadi;
🔺hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilishiga erishiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!