35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati bilan tanishildi

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati bilan tanishildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurib, markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni va tinglovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida markazda amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlari, kasb-hunar va til o‘qitish yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining sifati hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, ta’lim markazining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Muloqot chog‘ida ta’lim samaradorligini yanada oshirish, tinglovchilar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3