Tadbirkorlar faoliyati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R. Shamanov hamda tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov bilan birgalikda Qo‘ng‘irot MFY hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarida yaratilgan ish o‘rinlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari, faoliyatni yanada kengaytirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.