O‘rganish davomida qurilish jarayoni, ishlarning borishi hamda obyektda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda qurilish ishlariga 15 nafar ishchi-quruvchi jalb etilgani qayd etildi.
Obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, qurilish ishlarini sifatli bajarish hamda aniqlangan kamchiliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qurilish jarayonining sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi deputatlik nazoratiga olindi.