35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

O‘rganish

Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✨1-okrug deputati A.Saydaxmedov tomonidan Turkiston MFY, Tasanno-5 ko‘chasi, 43-uyda yashovchi fuqaro Sh.O‘rinboyevning murojaati o‘rganildi.

✨Murojaat mahalla raisi Z.Yusupov, hokim yordamchisi A.Majidov hamda  hududga qarashli 77-OP patronaj hamshirasi Z.Karshboyeva ishtirokida joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

✨Murojaatda fuqaroning turmush o‘rtog‘i Z.O‘rinboyevaning sog‘lig‘ida muammo mavjudligi hamda davolanishi uchun moddiy yordam zarurligi bildirilgan.

✨O‘rganish davomida fuqaroga 77-OPda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, zarur hollarda tegishli yo‘llanma asosida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish imkoniyati mavjudligi tushuntirildi.

✨Shuningdek, murojaatchiga mavjud imkoniyatlar doirasida tegishli tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3