35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida amaliy o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva kunlik ish rejasiga asosan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida amaliy o‘rganish o‘tkazdilar.

Bog‘ rahbari Shoxruh Xalilov hamrohligida hududdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida bog‘ jozibadorligini oshirish, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz dam olish muhitini yaratish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 6