35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH TIZIMI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish

❗️ MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH TIZIMI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

🏛 Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha olib borilgan sessiyaoldi o‘rganishlarning so‘nggi manzili Sergeli tumanidagi “Yuqori Darxon” mahallasi bo‘ldi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tuman Kengashi raisi S. Tursunov hamda tuman hokimi o‘rinbosari N. Jo‘rayeva bilan birgalikda mahalladagi “Mahalla yettiligi”, xususan, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rgandi.

🔺 Tashrif davomida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, mahalladagi oilalar va xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, oilaviy muhitni mustahkamlash hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash amaliyoti muhokama qilindi.

📁 Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan PF-116-son Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan taqdimot qilinib, hududdagi xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

⚖️ Deputatlar mazkur yo‘nalishdagi ishlarni nazorat-tahliliy savolnomada belgilangan huquqiy asoslar va savollar kesimida ham tahlil qildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 964-son qarori talablari asosida mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, bu jarayonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda Oila va xotin-qizlar tizimi o‘rtasidagi hamkorlik holatiga e’tibor qaratildi.

📋 Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish bosqichlari, ma’lumotlarni yangilab borish hamda ko‘rsatilgan yordamning natijadorligini nazorat qilish masalalari yuzasidan xotin-qizlar faoli bilan suhbatlashildi. Deputatlar aniqlangan muammo faqat qayd etilishi emas, balki uning yakuniy yechimiga qadar kuzatib borilishi muhimligini ta’kidladi.

🗣 Shundan so‘ng deputatlar va “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda yoshlarga oid davlat siyosatini mahalla darajasida samarali amalga oshirish, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlariga yoshlar qamrovini kengaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

🏢 O‘rganish faqat amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan cheklanmay, “Mahalla yettiligi” a’zolari uchun yaratilgan mehnat sharoitlarini ko‘zdan kechirish bilan davom etdi. Ish joylarining holati, fuqarolarni qabul qilish va ular bilan samarali ishlash uchun mavjud imkoniyatlar o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

💡 Tadbir yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolarining kundalik faoliyatida yuzaga keladigan ruhiy zo‘riqishlarni boshqarish, jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan psixologik trening tashkil etildi.

🤝 Shu tariqa, Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha tashkil etilgan sessiyaoldi o‘rganishlar yakunlandi. O‘rganishlarda hududlardagi amaliy holat huquqiy asoslar bilan qiyosiy tahlil qilinib, mas’ullar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi, mavjud masalalar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi. O‘rganish natijalari umumlashtirilib, Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotgan masalalarni har tomonlama va puxta muhokamaga tayyorlashda foydalaniladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10