35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Rinat Ahmadulin tomonidan sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining tibbiyot bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot bo‘limida yaratilgan shart-sharoitlar, sportchilar salomatligini nazorat qilish jarayoni hamda hujjatlarning yuritilish holati ko‘zdan kechirildi.

Tibbiyot bo‘limi shifokori N. Qulayeva tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Deputatlik nazorati doirasida sport va ijtimoiy soha obyektlaridagi ishlarni o‘rganish hamda mavjud masalalarni tahlil qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2