Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi Ziyayev Rahim Sabirovich hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva ishtirokida 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishlar doirasida Andijon shahar Bolalar bog‘i faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bolalar bog‘ida tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hududning obodonlashtirilishi, xizmatlar sifati hamda attraksionlarning texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Bog‘ rahbari Shoxruh Xalilov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar hamda bolalar va kattalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmatlar sifatini oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.