35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“DOLZARB 40 KUN” DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Dolzarb 40 kun” umumxalq tadbirlari boshlandi. Joriy yilning 28-iyulidan 6-sentabriga qadar davom etadigan mazkur aksiya doirasida hududlarda obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini kuchaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 15-Naqqoshlik saylov okrugi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘lining shaxsiy ishtiroki va tashabbusi bilan okrug hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, ichki yo‘laklar, jamoat joylari va yashil hududlarda tartibga keltirish ishlari olib borilib, sanitariya holatini yaxshilash, daraxt va butalarni parvarishlash, hududning estetik qiyofasini yanada obod qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Deputat tomonidan hududni yanada obod va ozoda saqlash, fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda mahallalarda ekologik madaniyatni mustahkamlashga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.


Slide 1 of 6