Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 10-Mustaqillik saylov okrugi deputati E.Normurodov tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali uylarni 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
📋O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining qarori bilan tasdiqlangan “Uchquduq tumanidagi ko‘p kvartirali uylarni 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida boshqaruv tashkilotlari va boshqa mablag‘lar hisobidan mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat” asosida olib borildi.
🏠Xususan, Aytim MFY hududidagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Uchquduq Sahro Gulshani 2022” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🔧O‘rganish davomida uy-joylarning texnik holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni, belgilangan joriy va mukammal ta’mirlash ishlarining bajarilish holati hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.
🤝Mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi talablar asosida yakunlash, aholi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.