35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Temirova hamda deputat J. Do‘stovning saylov okrugida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaat o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonunlari talablaridan kelib chiqib, fuqarolar murojaatini o‘rganish va qonuniy yechim topish chorasi ko‘rildi.

Jumladan, Beruniy MFYdagi Zamondosh ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi joyiga chiqib o‘rganildi.

Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda Zamondosh ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 4