35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Hudud obodligi - deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Azzamqulova tomonidan o‘z saylov hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganilib, hududning sanitariya holatini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va obod muhit yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jarayon davomida hududlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan saylov hududida amalga oshirilayotgan ishlar holati nazoratga olinib, mas’ullarga hududlarni doimiy ravishda ozoda saqlash va obodonlashtirish ishlarini davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3