35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi

Yurtimizda milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibat va saxovat kabi ezgu fazilatlarni keng targ‘ib etish, oilalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌏Ana shunday xayrli tashabbuslardan biri Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi raisi J. Ashurov hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati J. Xudoyev tashabbuskorligida “Oxshix” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirildi.
🌏Mahalladagi bir guruh bolajonlarning sunnat to‘ylari ko‘tarinki kayfiyatda, milliy an’analarimizga xos tarzda tashkil etildi. To‘y marosimida bolajonlar va ularning yaqinlariga quvonch ulashilib, xonadonlarda bayramona muhit hukm surdi.
🌏Bunday ezgu tadbirlar nafaqat bolajonlarga unutilmas taassurot bag‘ishlaydi, balki mahallada hamjihatlik, mehr-oqibat va o‘zaro ko‘mak kabi qadriyatlarni yanada mustahkamlaydi.
🌏Xalq vakillarining bunday xayrli tashabbuslari aholining, ayniqsa, yosh avlodning quvonchiga quvonch qo‘shib, jamiyatimizda inson qadri va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4