O‘rganish davomida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning kundalik hayotida muammo tug‘dirayotgan masalalar tinglandi. Jumladan, “Yangi asr” ko‘chasining yo‘l holatini yaxshilash va unga shag‘al yotqizish zarurligi bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mazkur masalani ijobiy hal etish, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda amalga oshiriladigan ishlarni nazoratga olish belgilandi.
Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etishning muhim omilidir.