Oʻrganish davomida:
tumandagi ekologik holatni yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar;
hududdagi asosiy ekologik muammolar;
2025–2026-yillarda ekologik qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq aniqlangan holatlar;
aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan koʻrilgan choralar muhokama qilindi.
Shuningdek, ekologik nazoratni yanada kuchaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilar bilan bogʻliq muammolarning oldini olish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻrganish yakunida ekologik qonunchilik ijrosini taʼminlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va ekologik nazorat samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.