35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

9-«Nafosat» saylov okrugida ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 9-«Nafosat» saylov okrugi deputati Saidova Shukrona To‘xtayevna tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarda mavjud sport zallari va ulardagi sport anjomlari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sport zallarining moddiy-texnik bazasi, sport inventarlari bilan ta’minlanganlik darajasi, jihozlarning texnik holati, ulardan foydalanish samaradorligi hamda ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud muammolar, ta’mirtalab sport inshootlari, eskirgan yoki yetishmayotgan sport jihozlari yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan fikr almashildi va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda ta’lim muassasalarining sport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 4