#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalach saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan Gulzor mahallasidagi oilaviy poliklinikaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son Qonunning mazmun-mohiyati asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlari va ehtiyojlari, shuningdek, tibbiyot muassasasida ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar holati ko‘zdan kechirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|