35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Shovot tumani markazidagi kanalizatsiya quvurida nosozlik yuzaga kelgani bo‘yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur holat mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tumanning markaziy K.Otaniyozov ko‘chasidan o‘tuvchi kanalizatsiya quvurida nosozlik yuzaga kelgani va ushbu holat haydovchilar harakatini cheklashga sabab bo‘layotgani aniqlandi.

Ushbu hududga tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilib, aniqlangan kamchilik “Karkaz bulding” MCHJ tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Yuqoridagi holat tuman Kengashi deputatlar tomonidan nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangach batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz.

Slide 1 of 4