35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“Iykota” mahallasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri amalda

“Iykota” mahallasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri amalda

➡️ Bugun Xalq deputatlari Bektemir tumani deputati Z.I.Kavaev, Bektemir tumani prokurori o‘rinbosari A.Rustamov, 6 - “Iykota” saylov okrugida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hashar tashkil etildi.

➡️ Hasharda mahalla faollari, aholi vakillari hamda kommunal xizmatlar xodimlari faol ishtirok etdi. Tadbir davomida uy-joylar atrofi obodonlashtirilib, hududlar tozalandi va mahalla hududining sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Kommunal xizmatlar tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zarur obodonlashtirish ishlari bajari sh uchun aniq vazifalar belgilandi.

➡️ Mazkur tadbirlar mahallalarda obod va fayzli muhitni yaratish, aholi farovonligini oshirish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3