35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Avazov tomonidan Mingchinor mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Ayni paytda hududda aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida zamonaviy piyodalar yo‘laklari barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Bu yo‘laklar fuqarolarning, ayniqsa, bolalar va keksalarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, bolalar va o‘smirlar uchun zamonaviy o‘yin maydonchalarini qurish ishlari ham boshlab yuborilgan.

Mazkur ishlar hududni yanada obodlashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 6