Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 17-Abay saylov okrugi deputati M.Kamolova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi.
📝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, bandlik, infratuzilma hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
📌Har bir murojaat atroflicha o'rganilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
💬Sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yish, ularning muammo va takliflarini bevosita o'rganish hamda amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌟Fuqarolar manfaatlarini ta'minlash va ularning murojaatlariga o'z vaqtida yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.