35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

 Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Navro‘z mahallasidagi mahalla yettiligi tarkibida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilindi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda hujjatlar yuritilishi va manzilli ishlarni tashkil etishni yana-da kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3