Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “GEOLOG” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda O‘zbekiston Ekologik harakatining 18 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🌳Tadbir O‘zbekiston Ekologik harakati, O‘zbekiston Ekologik partiyasining Toshkent shahar va Toshkent viloyati kengashlari hamda O‘zbekiston Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
👉Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Natalya Viktorovna Voropayeva ham faol ishtirok etdi.
✅Tadbir davomida yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, ekologik madaniyat va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dasturlar tashkil etildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ekologik ongini yuksaltirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi bunday tashabbuslarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.