35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

QONUN TARG‘IBOTI AMALDA

 QONUN TARG‘IBOTI AMALDA

🏛 Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati, Do‘ngariq saylov okrugi deputati M.Turayev tomonidan fuqarolar o‘rtasida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi №938-XII-son Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish ishlari olib borildi.

📖 Targ‘ibot davomida fuqarolarga davlat pensiya ta’minoti tizimi, yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlash shartlari, pensiya olish huquqi, zarur mehnat staji va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartiblar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

🤝 Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1