35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

BO‘STON MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

 BO‘STON MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.To‘lqinboyev hamda
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Bo‘ston mahalla fuqarolar
yig‘inida, xususan Gulirayxon ko‘chasida manzilli o‘rganish ishlari amalga
oshirildi.
 

Deputat ko‘chaboshi I.Luftiyev hamda aholi bilan uchrashdi va suhbatlashdi,
mavjud muammolar yuzasidan ularning fikrlarini o‘rgandi. Muloqot davomida
chiqindilarni olib chiqish xizmatini yanada yaxshilash zarurligi yuzasidan
taklif va murojaatlar bildirildi. Deputat tomonidan “Farg‘ona tozalik sanitar
servis” MChJ tuman faoliyati yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi
chiqarilishi aytildi.
 

O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar “Deputatning
ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi va ularning ijrosi deputatlik
nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 3