35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi

Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi

Aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 20-Gulzor saylov okrugi deputatlari Nilufar Uralovna va Feruza Mardonovna, shuningdek, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tashabbusi bilan Kimyogar MFY-1 hududida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, meva va sabzavotlarni muntazam iste’mol qilishning inson salomatligidagi ahamiyati, kasalliklarning oldini olishda to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikning o‘rni yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumot va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida aholi salomatligi uchun foydali bo‘lgan turli xil sabzavot va mevalardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada tabiiy va vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarining foydali xususiyatlari namoyish etilib, ularning inson organizmi immunitetini mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish hamda turli kasalliklarning oldini olishdagi o‘rni keng tushuntirildi.

Mazkur tadbir aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va fuqarolarning o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishiga ko‘maklashishga xizmat qildi. Ishtirokchilar bunday ma’rifiy tadbirlar sog‘lom avlodni tarbiyalash, aholining salomatligini mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.

Slide 1 of 3