35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Deputat so‘rovi

Deputatlik so‘rovi yuborildi

✨Zangiota tuman Kengashi deputati Asiya Kudayberganova tomonidan “Toshkent elektr tarmoqlari” AJ Zangiota tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘iga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.

✨Aholi murojaati asosida deputat tomonidan Farobiy MFY hududidagi Pahlavon Mahmud ko‘chasi o‘rganildi.

✨ O‘rganish davomida mazkur ko‘chada yo‘lni kengaytirish ishlari rejalashtirilgani, biroq yo‘l qismida joylashgan elektr uzatish tarmog‘i tayanch ustuni (elektr simyog‘ochi) qurilish ishlarini to‘liq yakunlashga to‘sqinlik qilayotgani hamda harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirayotgani aniqlandi.

✨Shu munosabat bilan deputatlik so‘rovida:
✅ yo‘lni kengaytirishga xalaqit berayotgan elektr simyog‘ochini amaldagi muhandislik va xavfsizlik talablari asosida boshqa joyga ko‘chirish;
✅ mazkur masala yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlar hamda bajarilish muddati haqida belgilangan tartibda yozma javob taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 2