Sessiya ishini Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi raisi A.Yo‘ldashev olib bordi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlarining hisobot va axborotlari tinglandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.