Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashiga yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida Mang‘itobod mahallasining elektr ta’minoti tarmog‘ini yaxshilash masalasi tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganildi.
📌 "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti tomonidan ma’lum qilinishicha, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan amaliy choralar belgilangan.
✅ Xususan, Mang‘itobod mahallasidagi 10 kVli "O‘tarchi" elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirtalab temir-beton tayanchlar o‘rniga 4 dona yangi temir-beton tayanch o‘rnatish uchun zarur tayanchlarni xarid qilish tuman hokimligining infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi yuzasidan manzilli dasturga kiritildi.