35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Aholi uchun arzonlashtirilgan goʻsht savdosi yoʻlga qoʻyiladi

 Aholi uchun arzonlashtirilgan goʻsht savdosi yoʻlga qoʻyiladi

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov tashabbusi bilan shahardagi yirik savdo bozorlari hududida arzonlashtirilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlari savdo doʻkonlarini tashkil etish ishlari davom etmoqda.

Bugun Andijon shahar Markaziy dehqon bozori hududida barpo etilayotgan savdo doʻkoni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi E.Karimov hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Umarov ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Mazkur doʻkonda Belarus Respublikasidan keltiriladigan sifatli goʻsht va goʻsht mahsulotlari aholiga hamyonbop narxlarda taklif etilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlash va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5