📍 Deputatlik nazorati: Uzunbuloq mahallasi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Norqulov tomonidan Uzunbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida ichki ko‘cha yo‘llarining holati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
Nazorat-tahlil davomida aholining kundalik harakati uchun muhim hisoblangan ichki yo‘llarning holati, ularning ta’mirtalab qismlari, shag‘allashtirish va asfaltlash ishlariga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar hamda transport harakati xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar 24 talik tavsiyalar asosida atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla faollari va fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, ichki yo‘llarni yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan takliflar shakllantirildi.