35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan dastlabki o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Sh.Karimov hamda K.Mamanova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Paxtakor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bo‘limning joriy yil davomida amalga oshirgan ishlari, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va davlat dasturlari ijrosi bo‘yicha taqdim etiladigan hisobot materiallari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sessiyada muhokama etilishi rejalashtirilgan masalalar bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinib, hisobotni yanada takomillashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6