35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 Hududlarda amaliy o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida rejalashtirilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganish ishlari izchil olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev hamda deputat M. Kazakov Hovuzak mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida sessiya kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan mahalla aholisi bilan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etishning ahamiyati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Slide 1 of 2