35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“YOD YETISHMASLIGI KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan navbatdagi deputat nazorati masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi, yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish, aholi, bolalar, homilador ayollar va tug‘ish yoshidagi ayollar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berish, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.