35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

23-Pattakesar saylov okrugida deputatlik faoliyati amalda: mahallada muammolar joyiga chiqib o‘rganildi

Deputat mahalla hududidagi ko‘chalarga chiqib, ko‘chaboshilar, uyboshilar hamda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Uchrashuvlar davomida aholini qiynayotgan mavjud muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar o‘rganildi.

Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hashar ishlari ham joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mahalla faollari va fuqarolar tomonidan olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan fikr almashilib, hududlarni yanada obod va ozoda saqlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar deputat tomonidan deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3