35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova "Madad" huquqiy maslahat binosi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova "Madad" huquqiy maslahat binosi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova tuman adliya boʻlimiga qarashli "Madad" NNT huquqiy maslahatxonasi faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻrgandi.

Oʻrganish davomida muassasada fuqarolarga koʻrsatilayotgan bepul huquqiy maslahat xizmatlari sifati, aholining huquqiy xabardorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza holatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashrif chogʻida D.Safarova maslahatxonaga murojaat qilib kelgan fuqarolar bilan ham muloqot oʻtkazib, ularning muammolari va takliflarini tingladi.

Shuningdek, xodimlarga fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, murojaatlarni oʻz vaqtida hamda sifatli koʻrib chiqish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.