35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI XUSUSIY BOG‘CHA FAOLIYATI BILAN TANISHDI

XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI XUSUSIY BOG‘CHA FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda deputatlar M.Mamurjonova va D.Abdunazarovalar tumandagi "Guliston" MFYda joylashgan "Solihabonu" xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida deputatlar bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xavfsizligi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi hamda mashg‘ulot xonalarining jihozlanish holatiga alohida e’tibor qaratishdi.

Shuningdek, muassasa rahbarlari va tarbiyachilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr va takliflar almashinildi.