Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Oxshix” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va mahallada tinchlik hamda osoyishtalikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan nazorat ishlari muntazam davom ettirilmoqda.