Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov Bo‘ston mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida hokim yordamchisining faoliyati samaradorligi, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Bunday o‘rganishlar mahallalarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta'minlashga xizmat qiladi.