35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🌳 Tuman markazini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish loyihasi o‘rganildi.

🌳 Tuman markazini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish loyihasi o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov tomonidan tuman markazini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida markaziy ko‘chalar, yashil hududlar hamda aholi gavjum joylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi. Shuningdek, daraxt va manzarali butalar ekish, sug‘orish tizimini takomillashtirish, gulzorlar tashkil etish, piyodalar yo‘laklari atrofini ko‘kalamzorlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
🌿 Obod va ko‘kalamzor hudud — aholi salomatligi, ekologik barqarorlik va yashash sifati uchun muhim omildir. Bu borada deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2