35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

"Xo‘jabiyron" qabristonida xayriya hashari o‘tkazildi

         Shu kunning o‘zida Jalaquduq tumani Qo‘rtqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Xo‘jabiyron" qabristonida keng qamrovli obodonlashtirish va tozalash ishlari tashkil etildi. Ushbu xayrli va savobli tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Rayimqulova ham bevosita ishtirok etib, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan elkama-elka mehnati qildi. Hashar davomida qabriston hududi chiqindilardan va qurigan o‘t-o‘lanlardan tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi hamda atrof-muhit tartibga keltirildi. Ma’raka-marosim va ziyoratgohlar ozodaligini ta’minlashga qaratilgan bu kabi ezgu ishlar mahallamizda ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlamoqda.  

Slide 1 of 5