35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 Deputat tomonidan gaz ta’minoti korxonasidan axborot talab qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Zafar Dovlatov tomonidan "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunning 19¹-moddasiga muvofiq tuman gaz ta’minoti korxonasidan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati yuzasidan rasmiy axborot talab qilib olindi.

📋 Axborot talabida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, gaz tarmoqlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish, avariya holatlarining oldini olish hamda aholini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.