📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Xushnudbek Sultonov tomonidan saylovchilar murojaati asosida "Muxabbat" mahallasidagi Rayxon ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi o‘zining ijobiy yechimini topdi.
✅ Tuproqqal’a tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida mazkur ko‘chaga quyosh panellari asosidagi tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Natijada fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat amalda hal etilib, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida navbatdagi muhim qadam qo‘yildi.
🤝 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijobiy yechimini ta'minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.