Янгиликлар

Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Karaeva tomonidan 1-son texnikumda o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida sport maydonchalari va mavjud sport inshootlarining holati, ularning o‘quvchi-yoshlar uchun qulayligi hamda sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi qayd etildi.
➡️Aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda hal etish hamda texnikumda sport bilan shug‘ullanish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari N.Axmatov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
➡️Mazkur deputat so‘rovida sport infratuzilmasini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yoshlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 6