Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar malahat guruhi tomonidan “Sog‘inch” loyihasi doirasida xorijda mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.
Mazkur loyiha doirasida 50 nafarga yaqin yoshlar qamrab olindi. Muloqot davomida yoshlarning bugungi kundagi holati, ularni qiynayotgan muammo va masalalar o‘rganildi, bildirilgan murojaat hamda takliflar tinglandi.
“Sog‘inch” loyihasi migratsiyada bo‘lgan yoshlar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, ularning muammolarini o‘rganish va zarur ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.